Biotin

Description

Naturex Biotin

Biologik faol qoʻshimchasini

Chiqarilish shakli:

250 mg li kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

Biotin  – 150  mkg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin, magniy stearati

 

Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari

Biotin — suvda eriydigan vitamin bo’lib, organizmning normal o’sishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan H vitamini va B7 vitamini degan nomlar bilan ham ma’lumdir. Biotin glikoneogenezda, yog’ kislotalari sintezida va ba’zi aminokislotalarning metabolizmida asosiy tartibga solish elementi sifatida ishlaydi.  Energiya ishlab chiqarishdagi roliga qo’shimcha ravishda, biotin ma’lum oqsillarning sintezini kuchaytiradi. Bundan tashqari, biotin immunitet tizimining normal ishlashiga ko’maklashadi va teri va uning qo’shimchalari – tirnoqlar va sochlarning sog’lig’ini saqlashda muhim rol o’ynaydi.

Tirnoqlar va sochlar asosan keratin deb ataladigan oqsilli materialdan iborat.  Biotin keratin moddasining asosini yaratishda muhim rol o’ynaydi.  Shunday qilib, keratin tirnoq, soch va terining tuzilishini yaxshilaydi.  Biotin tirnoqlarning tuzilishini tiklash uchun zarur, ularning mo’rtligi va qatlanishini samarali ravishda yo’q qiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, biotin yuz terisining mayda ajinlarini, teri koʻchishini, bosh terisining seboreyasini va sochlarning erta oqarishini, soch to’kilishini va mo’rtligini yo’q qilishga yordam beradi.

 

Koʻrsatmalar:

Quyidagi holatlarda biotinning qo’shimcha manbai sifatida foydalaniladi:

– noto’g’ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish yoki chekish, antibiotiklar yoki boshqa dorilarni uzoq muddat qabul qilish bilan bog’liq vitamin yetishmasligida;

– soch to’kilishi, seboreya, sochlar quruqligi va mo’rtligida;

– dermatit, yog’ bezlarining disfunksiyasida;

– tirnoq plastinasida o’sish buzilishi va tuzilishda o’zgarishlarda;

– ogʻir kasallikdan keyin tiklanish davrida surunkali charchoqda, yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy zoʻriqishda.

Qoʻllash usuli:

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga: ovqatlanish vaqtida kuniga 1-2 ta kapsuladan suv bilan ichiladi.  Qabul qilish kursi – bir oy.  Takroriy kurslarni mutaxassis tavsiyasiga binoan olish mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

BFQ tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.  6 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.

Maxsus koʻrsatmalar:

Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas.  Biotinni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.

Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari:

Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

 

There are no reviews yet.

Be the first to review “Biotin”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasi Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex L-karnitin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 510 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Selen biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: kapsulalarda 220 mg dan kukun Bitta kapsulaning…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning