Description
Naturex L-karnitin
Biologik faol qoʻshimchasini
Chiqarilish shakli:
510 mg li kapsulalar
1 ta kapsula tarkibi:
Faol moddalar:
Levokarnitin – 500 mg
Yordamchi moddalar: kremniy dioksidi (aerosil), magniy sterati.
Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari
L-karnitin – bu yog’ kislotalari guruhlarini hujayraviy energiya ishlab chiqarish uchun mitoxondrial membranaga o’tkazilishiga ko’maklashish orqali umumiy salomatlikni saqlashga yordam beradigan, almashtirish mumkin bo’lgan aminokislotadir. L-karnitinning bu ta’siri tufayli Naturex L-karnitin quyidagilarda yordam beradi:
– yog’ zaxiralarini energiyaga aylantirish;
– ishlash qobiliyati va chidamlilikni oshirish;
– vazn yo’qotish.
L-karnitin to’qimalarning regenerativ faolligini rag’batlantiradi, yog’ almashinuvini faollashtiradi va metabolik jarayonlarni normallashtirishga yordam beradi. L-karnitin-ATF hosil bo’lishi, glyukoza va boshqa ozuqa moddalarining organizm hujayralari tomonidan utilizatsiya qilinishi orqali energiya almashinuvini optimallashtirish uchun zarur bo’lgan muhim modda. L-karnitin, shuningdek, oshqozon va ichak shirasining fermentativ faolligini oshiradi va ovqat hazm qilish yo’llari bezlarining sekretor faolligini rag’batlantiradi.
Ko’rsatmalar:
Karnitin biofaol moddasi yurak-qon tomir, asab tizimlarining normal fiziologik funksiyalari va buyraklar va ichaklarning normal ishlashini ta’minlashga qaratilgan foydali ta’sirlarning jamlanganligi bilan tavsiflanadi.
Quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
– yurak funksiyasini, qon tomirlarining tonusini va holatini saqlab turish va qon aylanishini yaxshilash;
– antioksidant sifatida normal lipid profilini (foydali xolesterin va lipoproteidlar muvozanati yaxshilanadi), jigarning detoksikatsion funksiyasini, safro hosil bo’lishi va safro ajratish funksiyalarini qo’llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi;
– shuningdek, organizmning umumiy tonusini yaxshilash, jismoniy va ruhiy zo’riqishlar paytida charchoqni bartaraf etish uchun tavsiya etiladi;
– immunitet tizimini mustahkamlash va organizmning ekologik, stress omillariga, infeksiyalarga moslashish qobiliyatini oshirish;
Qo’llash usullari:
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga: kuniga 1-2 ta kapsuladan. Qabul qilish muddati – 1 oy. Zarur bo’lsa, qabul yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin. Qo’llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
Biologik faol qoʻshimch tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. 6 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.
Maxsus koʻrsatmalar:
Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas. Faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.
Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718








There are no reviews yet.