1. Home
  2. umumiy salomatlik
  3. Rux pikolinat
Rux pikolinat

Description

Naturex Rux

Biologik faol qo’shimchasi

Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun.

1 ta kapsula tarkibi:

Faol komponentlar:

Rux pikolinat (elementar rux 25 mg) – 118,378 mg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin.

  

Rux – biologik membranalar, hujayra retseptorlari, oqsillarning tuzilmaviy qismi hisoblanadi, har xil oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, yog’lar, oqsillar, uglevodlar va energiya almashinuvida ishtirok etadigan 200 dan ortiq enzimatik tizimlarning tarkibiga kiradi

Rux pikolinat – ruxning organizm tomonidan so’rilishini va assimilyatsiyasini yaxshilash uchun pikolin kislotasi bilan biriktirilgan ruxning maxsus turi.

Rux pikolinat past kislotalilik sharoitida ham so’riladi va shuning uchun kislotaliligi pasayish jarayoni boshlangan (odatda 40 yoshdan keyin) odamlar uchun mos keladi.

 

Xususiyatlari:

  • Inson organizmining barcha to’qimalariga kislorod tashuvchi gemoglobin sintezini faollashtiradi;
  • Immunomodulyatsion ta’sir ko’rsatadi, onkologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, chunki u qondagi T-limfotsitlar tarkibiga ta’sir qiladi. Rux RNK-polimeraza fermentini blokirovka qilib virusning ko’payishini oldini oladi, virusga qarshi va antibakterial ta’sir ko’rsatadigan endogen (ichki) α va γ -interferonlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi;
  • Gipoglikemik ta’sir ko’rsatadigan insulin sintezida ishtirok etadi;
  • Erektil funksiyani va spermatogenez jarayonini yaxshilaydi. Ko’p miqdordagi rux moyaklar, moyak qo’shimchalari, sperma va prostata bezida to’plangan, erkak jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqarishda ishtirok etadi, spermatozoidlar sonini ko’paytiradi va ularning harakatchanligini oshiradi;
  • Asab tizimining funksional holatini yaxshilash va kognitiv qobiliyatini yaxshilashga hissa qo’shadi (ma’lumotni o’rganish, qabul qilish, eslab qolish va qayta ishlash qobiliyati) ;
  • Depressiya rivojlanishining oldini oladi, apatiya, jizzakilik va asabiylikni yo’q qilishga yordam beradi;
  • Qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi, ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi;
  • Dermatologik kasalliklar va teri shikastlanishlarida terining regeneratsiya jarayonlarini faollashtiradi, shu tariqa terining tarkibiy qismi bo’lgan kollagen oqsilini ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, «yaralarni davolaydigan» A va E vitaminlarining to’liq so’rilishiga ta’sir qiladi;
  • Tayanch-harakat tizimining shikastlanishi va kasalliklarida tog’ay va suyak to’qimalarining tiklanishini rag’batlantiradi. Rux suyaklar, paylar va bo’g’im birikishining turli komponentlarining tuzilmaviy qismi bo’lgan kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishini faollashtiradi;
  • Soch va tirnoqlarning o’sishini faollashtiradi;
  • Antioksidant ta’sirga ega, organizmning erta qarishini oldini oladi.

 

Qo’llanilishi

Ruxning qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.

Quyidagilarni profilaktik va kompleks davolashda tavsiya etiladi:

  • Uzoq muddatli bitmagan teri yaralari, yotoq yaralari, trofik yaralar, husnbuzar toshmasi, ekzema, psoriaz, enteropatik akrodermatit, atopik dermatit, qichima va boshqa dermatologik kasalliklar;
  • Tirnoq kasalliklari;
  • Jigar, qalqonsimon va oshqozon osti bezi kasalliklari;
  • Tayanch-harakat tizimi kasalliklari (osteoporoz, artrit, artroz, osteoxondroz va boshqalar);
  • Anemiya;
  • Erkaklarning reproduktiv tizimi kasalliklari va buzilishlari (jinsiy ishtiyoqning pasayishi, erektil disfunksiya, gipogonadizm, prostatit, prostata adenomasi, erkak bepushtligi va boshqalar);
  • Ayol jinsiy organlarining kasalliklari (shu jumladan, estrogen ishlab chiqarishning buzilishi bilan bog’liq).

 

«Naturex Rux» BFQ ni ratsionga kiritish quyidagi holatlarda ham maqsadga muvofiqdir:

  • Qandli diabetda;
  • Surunkali diareya va ichak so’rilishining buzilishida;
  • Terlashning ko’payishida;
  • Apatiya va depressiv holatlarda;
  • Xotiraning buzilishi, aqliy qobiliyatlarning va diqqatni jamlashning pasayishida;
  • Bolalar va o’smirlarda o’sish, jinsiy yoki aqliy rivojlanish kechikishida;
  • Qishki va bahorgi avitaminoz davrida immunitet pasayishida.

 

 Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

BFQ komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

      

Qo’llash usuli va dozalari: Rux ovqat paytida og’iz orqali qabul qilishga buyuriladi. Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ichish tavsiya etiladi. Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;

Qabulning o’rtacha davomiyligi 1 oy. Qayta qabul – yiliga 2-3 marta.

 

Maxsus ko’rsatmalar:

BFQ, dori vositasi emas.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan va bolalardan himoyalangan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda.

Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

There are no reviews yet.

Be the first to review “Rux pikolinat”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

Naturex Biotin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning