Spirulin

Description

Naturex Spirulin

Biologik faol qoʻshimchasi

Chiqarish shakli

400 mg li kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

Spirulina – 300 mg

Yordamchi moddalar:

Mikrokristalli sellyuloza (MKS).

 

Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari:

Spirulina – ko’k-yashil rangdagi ko’p hujayrali mikrosuv o’tlari Spirulina platensis-Yer yuzidagi hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng qadimgi hujayrali hayot shakllaridan biri.

Spirulina quyidagilarning eng boy manbaidir:

  • barcha almashtirib bo’lmas aminokislotalar va tabiiy oqsil – uning tarkibida 60-70% protein bor (taqqoslash uchun: tovuq tuxumida – 47%, mol go’shtida – 18-21%, soya kukunida – 37%);
  • erkak va ayol jinsiy buzilishlarini davolashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan gamma-linol kislotasi, E vitamini bilan birgalikda esa reproduktiv funksiyani yaxshilaydi va homiladorlikning normal kechishiga hissa qo’shadi;
  • spirulinaga ko’k-yashil rang beradigan va kuchli antioksidant bo’lgan fikotsianin. Fikotsianin erkin radikallarga qarshi kurasha oladi, organizmning qarishi va xavfli o’smalarning o’sishiga olib keladigan oksidlovchi jarayonlarni to’xtatadi;
  • deyarli barcha vitaminlar (D vitamini bundan mustasno), ularning faolligi sintetikga qaraganda ancha yuqori (masalan, uning tarkibida b -karotini xom sabzi bilan solishtirganda 25 barobar ko’p, B12 vitamini – boshqa ovqatlardagiga qaraganda bir necha baravar ko’p);
  • mikroelementlar: mis, kumush, marganets, kalsiy, magniy, kaliy, natriy, fosfor, yod, selen;
  • ko’p miqdordagi pigmentlar, shu jumladan xlorofill, ksantofil, beta-karotin, exinenon, miksoksantofil.

Inson organizmida SPIRULINA 95% so’riladi.

 

Ko’rsatmalar:

Quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

– yurak funksiyasini, qon tomirlarining tonusini va holatini qo’llab-quvvatlash va qon aylanishini yaxshilash uchun;

– normal lipid profilini (foydali xolesterin va lipoproteidlar muvozanati yaxshilanadi), jigarning detoksifikatsiya qilish funksiyasi, safro hosil bo’lishi va safro sekretsiyasini qo’llab-quvvatlash uchun;

– organizmning umumiy tonusini yaxshilash, jismoniy va ruhiy zo’riqish paytida charchoqni bartaraf etish uchun;

– immunitet tizimini mustahkamlash va organizmning atrof-muhit, stress omillari va infeksiyalarga moslashish qobiliyatini oshirish uchun;

– gemoglobin darajasini va qondagi eritrotsitlar sonini oshirish uchun;

– yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli etiologiyaga qarshilikni oshirish uchun;

– onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun (antioksidant xususiyatlari tufayli).

 

Qo’llash usullari:

6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar kuniga 2 marta 2 ta kapsuladan ovqat vaqtida ichiladi. Maksimal sutkalik doza – 5 g / kun. Qabul qilish davomiyligi kamida 25 kun. Qabul kursini yiliga 3-4 marta takrorlash tavsiya etiladi. Homilador va emizikli ayollar uchun spirulinani kuniga 2-3 grammgacha iste’mol qilish mumkin. Kuniga 500 mg dan qabul qilishni boshlab, asta-sekin oshirib borish kerak.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

Komponentlarga individual ta’sirchanlik. Homilador va emizikli ayollar BFQ qabul qilganda, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Maxsus ko’rsatmalar:

BFQ, dori vositasi emas.  Spirulinni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.

Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan va bolalardan himoyalangan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda.

Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

There are no reviews yet.

Be the first to review “Spirulin”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasi Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Biotin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning