Selen

Description

Naturex Selen

biologik faol qo’shimchasini

 

Chiqarilish shakli: kapsulalarda 220 mg dan kukun

Bitta kapsulaning tarkibi:

Faol modda:

Askorbin kislotasi – 50 mg

Selen – 150 mkg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin

 

Xossalari:

Selen hayotiy muhim mikroelement hisoblanadi va soǵliqning optimal holatini saqlab turishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Selen qalqonsimon bez ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini raǵbatlantiradi, hujayralarni oksidlanish stressidan saqlashga yordam beradi, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarning oldini oladi, terining qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Erkaklar va ayollarda gormonal fonni tartibga soladi, toksinlar va patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi. Selen organizmni saraton hujayralari (birinchi navbatda — o’pka, prostata, yo’ǵon va ingichka ichak saratoni, bachadon va bachadon bo’yni saratoni) dan himoyalashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, organizmni viruslardan immunologik himoyalashda ishtirok etadi.

 

Selen hujayra membranalarini erkin radikallar bilan zararlanishdan himoya qiladi, shuningdek boshqa antioksidantlarga, ayniqsa C vitaminiga o’zining oksidlanishga qarshi salohiyatini namoyon qilishga yordam beradi.

 

Askorbin kislotasi — muhim antioksidant bo’lib, erkin radikallarni neytrallashtirishga yordam beradi va immun tizimini qo’llab-quvvatlaydi.

  • Askorbin kislota qon ivishi, kollagen sintezi, birlashtiruvchi va suyak to’qimalarining tiklanishi uchun zarur, antioksidant himoyani ta’minlaydi, shuningdek qon tomirlari, to’qimalar, toǵaylar, suyaklar va boshqa tizimlarning soǵlomligini saqlashga ko’maklashadi.

Selen C vitamini bilan birga quyidagilarga ko’maklashadi:

  • hujayralarni erkin radikallar tomonidan zararlanishdan himoya qilish;
  • immunitetni mustahkamlash;
  • yurak-qon tomir tizimi soǵlomligini saqlab turish.

 

Selenni iste’mol qilish me’yori bir sutkada 50-70 mkg ni tashkil etadi. Homiladorlar va emizikli ayollarda bu mikroelementga ehtiyoj oshadi (sutkasiga 70-75 mkg gacha).

 

Qo’llanilishi:

  • C vitamini va selenning qo’shimcha manbai sifatida foydalanish;
  • Gipovitaminozlarning oldini olishda;
  • Surunkali charchash hollarida;
  • Oǵir kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • Yuqori jismoniy va aqliy zo’riqishlarda qo’llaniladi.

Selenning foydali xossalari doirasi ancha keng, shu munosabat bilan quyidagilar uchun ozuqaviy qo’shimcha sifatida tavsiya etiladi:

– jigar funksiyasini saqlab turish, zararli moddalarni samarali zararsizlantirish va ularni organizmdan chiqarish;

– keksa yoshdagi kishilarda selen erta qarish alomatlarini – skleroz o’zgarishlari, xotira susayishi, uyqu buzilishini oldini olishda ishonchli yordamchi.

Bundan tashqari, Naturex Selen faol jismoniy va aqliy mehnat bilan shuǵullanuvchi odamlarga sodiq yordamchi hisoblanadi, chunki u energiya kuchlarini va yuqori ish qobiliyatini tiklashga yordam beradi.

 

Qo’llanish usuli:

Kattalarga 1 kapsuladan bir kunda 1 mahal ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 oy mobaynida. Zaruriyat bo’lganida, qabul qilishni yiliga 2-3 marotaba takrorlash mumkin.

 

Qarshi ko’rsatmalar:

BFQ komponentlariga individual ta’sirchanlik. Homilador va emizikli ayollarga BFQni qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Alohida ko’rsatmalar:

BFQ dori vositasi hisoblanmaydi! Qo’llashda shifokor maslahati zarur.

 

Noxush ta’sirlari:

Naturex Selen yaxshi qabul qilinadi, komponentlariga tasirchanligi yuqori bo’lgan shaxslarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Bunda darhol BFQ ni qabul qilishni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.

 

Saqlash sharoitlari:

Quruq, yoruǵlikdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda +25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati:  ishlab chiqarish kunidan boshlab 2 yil.

 

Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069,  Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’chasi, 51.

Tel.: (99871) 2485718

 

 

 

There are no reviews yet.

Be the first to review “Selen”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

Naturex Spirulin Biologik faol qoʻshimchasi Chiqarish shakli 400 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex L-karnitin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 510 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Mo’miyo Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning