Omega-3

Description

Omega-3

Biologik faol qo’shimchasini

 

Chiqarilish shakli:

850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

Jelatinli kapsulalardagi baliq moyi tarkibi: dokozogeksaen kislota – 90 mg, eykozopentaen kislota – 60 mg.

 

Tavsifi

Omega-3 almashtirib bo’lmaydigan ko’p to’yinmagan yog’ kislotalarining (KTYK) qo’shimcha manbaidir. Ular orasida inson organizmi uchun eng ahamiyatlisi – eykozapentaen va dokozageksaen kislotalardir.

Organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi, yog’ almashinuvini normallashtiradi, bu bilan ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi (yog’ almashinuvini normallashtirishda ishtirok etuvchi KTYK tufayli, tomirlarning aterosklerotik shikastlanishi rivojlanishining oldini oladi).

Aqliy qobiliyatni qo’llab-quvvatlaydi (bosh miyaning hujayra membranalari qurilishida ishtirok etadigan KTYK tufayli).

Moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtiradi. Omega-3 komponentlari terining va sochning tuzilishi va funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.

Lipid almashinuvini normallashtirishga va ateroskleroz rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Antioksidant faollikka ega.

Dokozageksaen kislotasi (Omega-3) hujayra membranalarining tuzilishini va ularning funksional xususiyatlarini, membrana retseptorlari faolligini yaxshilaydi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan o’zaro ta’sirini va umuman lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi. Trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytiruvchi endogen moddalar sintezini pasaytiradi.

 

Qoʻllash boʻyicha tavsiyalar:

Omega-3 mahsuloti ko’plab organlar va tizimlarning metabolizmi va fiziologik funksiyalarida faol ishtirok etadigan, organizm uchun foydali bo’lgan vitaminlar, mikroelementlar va almashtirib bo’lmas ko’p to’yinmagan yog’ kislotalarining manbai hisoblanadi.

  • Xususan, u lipidlar almashinuvi va trombotsitlar agregatsiyasining normal kechishi uchun tavsiya qilinishi mumkin, bu qon aylanishining faollashishiga, qon tomirlarining sog’lomlashishiga va yurak ishining yaxshilanishiga yordam beradi;
  • Organizmning immuniteti va salbiy omillarga qarshiligini (qattiq sovuqotish, agressiv infeksiya, og’ir ekologik sharoitlar) mustahkamlash;
  • Aqliy qobiliyatni qo’llab-quvvatlash;
  • Almashinuv jarayonlarni normallashtirish;
  • Teri va sochlarning tuzilishi va funksiyasini qo’llab-quvvatlash;
  • Ortiqcha vaznli odamlar uchun tana vaznini nazorat qilishga yordam beradi, ko’rish o’tkirligini, terining elastikligini yaxshilaydi;
  • Omega-3 dan foydalanish organizmning jismoniy holatini yaxshilaydi, charchoq va qarilik hissini yengishga yordam beradi.

 

Qollash usuli va dozalari:

Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ovqatdan 30 daqiqadan keyin. Qabul qilishning davomiyligi 1 oy. Agar zarur bo’lsa, qabul qilishni bir oydan so’ng takrorlash mumkin.

Nojo’yi ta’sirlari

Qabul qilishning birinchi kunlarida baliq ta’mini sezish, yengil surgi ta’siri bo’lishi mumkin.

 

Qollash mumkin bolmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori ta’sirchanlik, homiladorlik, laktatsiya, 14 yoshgacha bo’lgan shaxslar

 

Maxsus ko’rsatmalar

BFQ, dori vositasi emas. Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Saqlash shartlari:

Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati : 2 yil

 

Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’ch., 51.

There are no reviews yet.

Be the first to review “Omega-3”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasi Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

Naturex Spirulin Biologik faol qoʻshimchasi Chiqarish shakli 400 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning