Mo’miyo

Description

Naturex Mo’miyo

Biologik faol qoʻshimchasini

Chiqarilish shakli:

250 mg li kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Mo’miyo – quruq ekstrakt  –  150 mg

Yordamchi moddalar: magniy sterati, kartoshka kraxmali.

 

Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari:

Mo’miyo tarkibida 30 ga yaqin makro- va mikroelementlar, mineral (kalsiy, magniy, natriy, temir, xrom, fosfor va boshqalar) va organik (efir moylari, B guruhi vitaminlari, gumin kislotalari, uglevodlar, aminokislotalar, mumlar, yog’ kislotalari va boshqalar) moddalar mavjud.

Mo’miyo, faol biostimulyator sifatida, ayniqsa, suyak to’qimalariga nisbatan regenerator xususiyatlarga ega, sinishlarda suyaklarning birlashishini, eski jarohatlarda va osteomiyelitda suyak o’sishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, yallig’lanishga qarshi, antiseptik, immunitetni rag’batlantiruvchi, umumiy quvvat beruvchi va tetiklantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Ko’rsatmalar:

Mo’miyo – bu, birinchi navbatda, suyak-mushak tizimining sog’lig’ini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan, bir-birini to’ldiruvchi xususiyatlarga ega bioaktiv elementlarning yaxshi tanlangan kombinatsiyasidan iborat biologik qo’shimcha. Shu munosabat bilan biologik qo’shimcha quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

– suyaklarning normal shakllanishi, suyak to’qimalarining, milkning kerakli zichligini saqlash, shuningdek tishlarning minerallashuvi, o’sishi va rivojlanishi uchun;

– mushaklarning sog’lom qisqarishini qo’llab-quvvatlash uchun;

– suyak to’qimasining rezorbsiyasi (so’rilishi) va osteoporoz, shu jumladan menopauza va qarilik bilan bog’liq bo’lgan osteoporoz xavfini kamaytirish uchun;

– tayanch-harakat tizimining kasalliklarida: artrit, osteoxondroz, poliartrit, radikulitda yordam beradi;

-mushak va suyak to’qimalarida jarohatlar va shikastlanishlarda metabolizm jarayonlarini rivojlantirish uchun;

– yog’larning tez parchalanishi, jigarning detoksikatsion funksiyasini qo’llab-quvvatlash uchun;

-shamollash va virusli kasalliklarning oldini olish uchun;

– immunitetni va organizmning himoya xususiyatlarini oshirish uchun.

 

Qo’llash usullari:

Mo’miyo kuniga 1-3 marta 1 ta kapsuladan ichga qabul qilinadi. Uni ertalab och qoringa, tushlik paytida ovqatdan 1 soat oldin, kechqurun ovqatdan 1-2 soat keyin uxlashga yotishdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulalarni sut, asal yoki suv bilan qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish kursi – 2 hafta. Zarurat bo’lsa, 10 kundan keyin qabul kursini takrorlash mumkin. Holatning tabiati va og’irligiga qarab 1-5 ta kurslar buyuriladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

Biologik faol qoʻshimcha tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.  6 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.

 

Maxsus koʻrsatmalar:

Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas.  Mo’miyoni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.

Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan va bolalardan himoyalangan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

 

 

There are no reviews yet.

Be the first to review “Mo’miyo”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

Naturex Selen biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: kapsulalarda 220 mg dan kukun Bitta kapsulaning…

Naturex L-karnitin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 510 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning