Description
Naturex Magniy
Biologik faol qoʻshimchasini
Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun
1 ta kapsula tarkibi. Faol komponentlar:
Magniy oksidi (elementar magniy 150 mg) – 248,740 mg
Yordamchi moddalar: magniy stearati.
Xususiyatlari:
Magniy – inson organizmi uchun muhim kimyoviy elementlardan biri, u uch yuz ellikdan ortiq fermentativ reaktsiyalarda faol ishtirok etadi. Magniy energiya ishlab chiqarish va moddalar almashinuvi uchun zarurdir, organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini saqlashga yordam beradi va asab-mushaklarning qisqarishi, asab va mushaklarning (ayniqsa, yurak) normal ishlashi uchun zarurdir. Magniy kalsiy, fosfor, natriy va kaliyning o’zlashtirilishi va metabolizmini, shuningdek, B, C va E vitaminlari kompleksini o’zlashtirishga yordam beradi. U yog’ kislotalari, oqsillar sintezida va glyukoza metobolizmida katalizator sifatida ishtirok etadigan 300 ga yaqin fermentlarning to’g’ri ishlashi uchun zarurdir.
Qo’llanilishi:
- organizmdagi magniy tanqisligini to’ldirish uchun;
- uyquni normallashtirish uchun;
- kuchli asabiylik, ta’sirchanlik holatlarini normallashtirish;
- kuchli xolsizlik, jismoniy va aqliy zo’riqish holatlarida;
- mushakdagi og’riq va spazmlarni, oshqozon-ichak spazmlarini kamaytirish uchun;
- giperventilyatsiyali funktsional xavotirlanish hurujlari vaqtida uning kechish alomatlarini kamaytiradi;
- yurakning tez urishini normallashtirish uchun.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
BFQ tarkibiy qismlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Qo’llash usullari va dozalari
Magniyni ovqat vaqtida ichga qabul qilish buyuriladi. Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ichish tavsiya etiladi. Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;
Qondagi magniy darajasi normallashganidan keyin qabul qilishni darhol to’xtatish kerak; qabulning o’rtacha davomiyligi 1 oy.
Maxsus koʻrsatmalar:
Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Saqlash shartlari:
Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718.








There are no reviews yet.