Melatonin
Category:

Description

Naturex Melatonin

Biologik faol qoʻshimchasi

Chiqarish shakli

200 mg li kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

Melatonin – 3 mg

Yordamchi moddalar:

Mikrokristalli sellyuloza (MKS).

 

Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari:

Melatonin – uyqu va uyg’onish almashinuvini tartibga solishga mas’ul bo’lgan muhim gormon. Bu gormonni epifiz deb ataladigan kichik g’uddasimon tanacha ishlab chiqaradi. Ko’p miqdorda melatonin ishlab chiqarilishi qorong’i tunda yuz beradi.

Bu gormon organizmda kechadigan turli vazifalar va jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Melatonin uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.

Bundan tashqari, ushbu modda quyidagi boshqa foydali xususiyatlarga ega:

  • Menopauzaning salbiy alomatlarini kamaytiradi;
  • Arterial bosimni tushirishga yordam beradi;
  • Yomon xolesterin darajasini pasaytiradi;
  • Immunitet tizimini mustahkamlaydi;
  • Stressni yengillashtiradi;
  • Endokrin va ovqat hazm qilish tizimlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
  • Onkologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi;
  • Quloqlar shang’illashini davolashda faollik ko’rsatadi;
  • Uyquga ketishni osonlashtiradi, uyqusizlikdan qutilishga yordam beradi;
  • Bosh og’rig’ini bartaraf etadi.

Ko’rsatmalar

Melatoninning biologik faol moddalari yurak-qon tomir, asab tizimi va ichak funksiyalarining normal fiziologik faoliyatlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan foydali ta’sirlarning yig’indisi bilan tavsiflanadi.

 

Quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

– tungi uyquning yetishmasligi yoki sifatsizligi, dam olish rejimining buzilishi, stress yoki ortiqcha charchoq, gipertonik kasalliklar, depressiya holati, kuch yo’qotilishi, ortiqcha vazn fonida davriy yoki muntazam uyqusizlik;

– yurak funksiyasini, qon tomirlarining tonusini va holatini qo’llab-quvvatlash va qon aylanishini yaxshilash;

– antioksidant sifatida normal lipid profilini (foydali xolesterin va lipoproteidlar muvozanati yaxshilanadi), jigarning detoksifikatsiya qilish funksiyasi, safro hosil bo’lishi va safro sekretsiyasini qo’llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi;

– shuningdek, organizmning umumiy tonusini yaxshilash, jismoniy va ruhiy zo’riqish paytida charchoqni bartaraf etish uchun;

– immunitet tizimini mustahkamlash va organizmning atrof-muhit, stress omillari va infeksiyalarga moslashish qobiliyatini oshirish uchun tavsiya etiladi.

 

Qo’llash usullari

Kattalar yotishdan 30 daqiqa oldin 1 ta kapsuladan ichishlari kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan bemorning individual xususiyatlariga va kasallikning kechishiga qarab belgilanadi.

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Biologik faol qo’shimchaning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.

 

Maxsus ko’rsatmalar:

BFQ, dori vositasi emas.  Melatoninni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.

Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan va bolalardan himoyalangan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda.

Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

There are no reviews yet.

Be the first to review “Melatonin”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning