Description
Naturex Biotin
Biologik faol qoʻshimchasini
Chiqarilish shakli:
250 mg li kapsulalar
1 ta kapsula tarkibi:
Faol moddalar:
Biotin – 150 mkg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin, magniy stearati
Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari
Biotin — suvda eriydigan vitamin bo’lib, organizmning normal o’sishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan H vitamini va B7 vitamini degan nomlar bilan ham ma’lumdir. Biotin glikoneogenezda, yog’ kislotalari sintezida va ba’zi aminokislotalarning metabolizmida asosiy tartibga solish elementi sifatida ishlaydi. Energiya ishlab chiqarishdagi roliga qo’shimcha ravishda, biotin ma’lum oqsillarning sintezini kuchaytiradi. Bundan tashqari, biotin immunitet tizimining normal ishlashiga ko’maklashadi va teri va uning qo’shimchalari – tirnoqlar va sochlarning sog’lig’ini saqlashda muhim rol o’ynaydi.
Tirnoqlar va sochlar asosan keratin deb ataladigan oqsilli materialdan iborat. Biotin keratin moddasining asosini yaratishda muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, keratin tirnoq, soch va terining tuzilishini yaxshilaydi. Biotin tirnoqlarning tuzilishini tiklash uchun zarur, ularning mo’rtligi va qatlanishini samarali ravishda yo’q qiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, biotin yuz terisining mayda ajinlarini, teri koʻchishini, bosh terisining seboreyasini va sochlarning erta oqarishini, soch to’kilishini va mo’rtligini yo’q qilishga yordam beradi.
Koʻrsatmalar:
Quyidagi holatlarda biotinning qo’shimcha manbai sifatida foydalaniladi:
– noto’g’ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish yoki chekish, antibiotiklar yoki boshqa dorilarni uzoq muddat qabul qilish bilan bog’liq vitamin yetishmasligida;
– soch to’kilishi, seboreya, sochlar quruqligi va mo’rtligida;
– dermatit, yog’ bezlarining disfunksiyasida;
– tirnoq plastinasida o’sish buzilishi va tuzilishda o’zgarishlarda;
– ogʻir kasallikdan keyin tiklanish davrida surunkali charchoqda, yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy zoʻriqishda.
Qoʻllash usuli:
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga: ovqatlanish vaqtida kuniga 1-2 ta kapsuladan suv bilan ichiladi. Qabul qilish kursi – bir oy. Takroriy kurslarni mutaxassis tavsiyasiga binoan olish mumkin.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
BFQ tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. 6 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.
Maxsus koʻrsatmalar:
Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas. Biotinni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.
Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Saqlash shartlari:
Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718








There are no reviews yet.