L-karnitin

Description

Naturex L-karnitin

Biologik faol qoʻshimchasini

Chiqarilish shakli:

510 mg li kapsulalar

1 ta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

Levokarnitin  –  500 mg

Yordamchi moddalar: kremniy dioksidi (aerosil), magniy sterati.

 

Kimyoviy tarkibi va xususiyatlari

L-karnitin bu yog’ kislotalari guruhlarini hujayraviy energiya ishlab chiqarish uchun mitoxondrial membranaga o’tkazilishiga ko’maklashish orqali umumiy salomatlikni saqlashga yordam beradigan, almashtirish mumkin bo’lgan aminokislotadir. L-karnitinning bu ta’siri tufayli Naturex L-karnitin quyidagilarda yordam beradi:

– yog’ zaxiralarini energiyaga aylantirish;

– ishlash qobiliyati va chidamlilikni oshirish;

– vazn yo’qotish.

L-karnitin to’qimalarning regenerativ faolligini rag’batlantiradi, yog’ almashinuvini faollashtiradi va metabolik jarayonlarni normallashtirishga yordam beradi. L-karnitin-ATF hosil bo’lishi, glyukoza va boshqa ozuqa moddalarining organizm hujayralari tomonidan utilizatsiya qilinishi orqali energiya almashinuvini optimallashtirish uchun zarur bo’lgan muhim modda. L-karnitin, shuningdek, oshqozon va ichak shirasining fermentativ faolligini oshiradi va ovqat hazm qilish yo’llari bezlarining sekretor faolligini rag’batlantiradi.

Ko’rsatmalar:

Karnitin biofaol moddasi yurak-qon tomir, asab tizimlarining normal fiziologik funksiyalari va buyraklar va ichaklarning normal ishlashini ta’minlashga qaratilgan foydali ta’sirlarning jamlanganligi bilan tavsiflanadi.

Quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

– yurak funksiyasini, qon tomirlarining tonusini va holatini saqlab turish va qon aylanishini yaxshilash;

– antioksidant sifatida normal lipid profilini (foydali xolesterin va lipoproteidlar muvozanati yaxshilanadi), jigarning detoksikatsion funksiyasini, safro hosil bo’lishi va safro ajratish funksiyalarini qo’llab-quvvatlash uchun tavsiya etiladi;

– shuningdek, organizmning umumiy tonusini yaxshilash, jismoniy va ruhiy zo’riqishlar paytida charchoqni bartaraf etish uchun tavsiya etiladi;

– immunitet tizimini mustahkamlash va organizmning ekologik, stress omillariga, infeksiyalarga moslashish qobiliyatini oshirish;

 

Qo’llash usullari:

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga: kuniga 1-2 ta kapsuladan.  Qabul qilish muddati – 1 oy.  Zarur bo’lsa, qabul yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin. Qo’llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

Biologik faol qoʻshimch tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.  6 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va emizikli ayollar.

Maxsus koʻrsatmalar:

Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas.  Faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak.

Qoʼllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari: quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718

There are no reviews yet.

Be the first to review “L-karnitin”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

Naturex Biotin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Spirulin Biologik faol qoʻshimchasi Chiqarish shakli 400 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning