Magniy

Description

Naturex Magniy

Biologik faol qoʻshimchasini

Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun

1 ta kapsula tarkibi. Faol komponentlar:

Magniy oksidi (elementar magniy 150 mg) –  248,740 mg

Yordamchi moddalar: magniy stearati.

Xususiyatlari:

Magniy – inson organizmi uchun muhim kimyoviy elementlardan biri, u uch yuz ellikdan ortiq fermentativ reaktsiyalarda faol ishtirok etadi. Magniy energiya ishlab chiqarish va moddalar almashinuvi uchun zarurdir, organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini saqlashga yordam beradi va asab-mushaklarning qisqarishi, asab va mushaklarning (ayniqsa, yurak) normal ishlashi uchun zarurdir. Magniy kalsiy, fosfor, natriy va kaliyning o’zlashtirilishi va metabolizmini, shuningdek, B, C va E vitaminlari kompleksini o’zlashtirishga yordam beradi. U yog’ kislotalari, oqsillar sintezida va glyukoza metobolizmida katalizator sifatida ishtirok etadigan 300 ga yaqin fermentlarning to’g’ri ishlashi uchun zarurdir.

 

Qo’llanilishi:

  • organizmdagi magniy tanqisligini to’ldirish uchun;
  • uyquni normallashtirish uchun;
  • kuchli asabiylik, ta’sirchanlik holatlarini normallashtirish;
  • kuchli xolsizlik, jismoniy va aqliy zo’riqish holatlarida;
  • mushakdagi og’riq va spazmlarni, oshqozon-ichak spazmlarini kamaytirish uchun;
  • giperventilyatsiyali funktsional xavotirlanish hurujlari vaqtida uning kechish alomatlarini kamaytiradi;
  • yurakning tez urishini normallashtirish uchun.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

BFQ tarkibiy qismlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

 

Qo’llash usullari va dozalari

Magniyni ovqat vaqtida ichga qabul qilish buyuriladi. Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ichish tavsiya etiladi. Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;

Qondagi magniy darajasi normallashganidan keyin qabul qilishni darhol to’xtatish kerak; qabulning o’rtacha davomiyligi 1 oy.

 

Maxsus koʻrsatmalar:

Biologik faol qoʻshimcha, dori vositasi emas.

 

Yaroqlilik muddati: 2 yil

 

Saqlash shartlari:

Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 Ishlab chiqaruvchi:  «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent, Olmazor tumani, Yangi Olmazor koʻch., 51. Tel.: (99871) 2485718.

 

There are no reviews yet.

Be the first to review “Magniy”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasi Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Spirulin Biologik faol qoʻshimchasi Chiqarish shakli 400 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Biotin Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

Naturex Mo’miyo Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning