Description
Omega-3
Biologik faol qo’shimchasini
Chiqarilish shakli:
850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar
1 ta kapsula tarkibi:
Faol moddalar:
Jelatinli kapsulalardagi baliq moyi tarkibi: dokozogeksaen kislota – 90 mg, eykozopentaen kislota – 60 mg.
Tavsifi
Omega-3 almashtirib bo’lmaydigan ko’p to’yinmagan yog’ kislotalarining (KTYK) qo’shimcha manbaidir. Ular orasida inson organizmi uchun eng ahamiyatlisi – eykozapentaen va dokozageksaen kislotalardir.
Organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi, yog’ almashinuvini normallashtiradi, bu bilan ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi (yog’ almashinuvini normallashtirishda ishtirok etuvchi KTYK tufayli, tomirlarning aterosklerotik shikastlanishi rivojlanishining oldini oladi).
Aqliy qobiliyatni qo’llab-quvvatlaydi (bosh miyaning hujayra membranalari qurilishida ishtirok etadigan KTYK tufayli).
Moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtiradi. Omega-3 komponentlari terining va sochning tuzilishi va funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
Lipid almashinuvini normallashtirishga va ateroskleroz rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Antioksidant faollikka ega.
Dokozageksaen kislotasi (Omega-3) hujayra membranalarining tuzilishini va ularning funksional xususiyatlarini, membrana retseptorlari faolligini yaxshilaydi, bu lipoproteidlarning fermentlar bilan o’zaro ta’sirini va umuman lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi. Trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytiruvchi endogen moddalar sintezini pasaytiradi.
Qoʻllash boʻyicha tavsiyalar:
Omega-3 mahsuloti ko’plab organlar va tizimlarning metabolizmi va fiziologik funksiyalarida faol ishtirok etadigan, organizm uchun foydali bo’lgan vitaminlar, mikroelementlar va almashtirib bo’lmas ko’p to’yinmagan yog’ kislotalarining manbai hisoblanadi.
- Xususan, u lipidlar almashinuvi va trombotsitlar agregatsiyasining normal kechishi uchun tavsiya qilinishi mumkin, bu qon aylanishining faollashishiga, qon tomirlarining sog’lomlashishiga va yurak ishining yaxshilanishiga yordam beradi;
- Organizmning immuniteti va salbiy omillarga qarshiligini (qattiq sovuqotish, agressiv infeksiya, og’ir ekologik sharoitlar) mustahkamlash;
- Aqliy qobiliyatni qo’llab-quvvatlash;
- Almashinuv jarayonlarni normallashtirish;
- Teri va sochlarning tuzilishi va funksiyasini qo’llab-quvvatlash;
- Ortiqcha vaznli odamlar uchun tana vaznini nazorat qilishga yordam beradi, ko’rish o’tkirligini, terining elastikligini yaxshilaydi;
- Omega-3 dan foydalanish organizmning jismoniy holatini yaxshilaydi, charchoq va qarilik hissini yengishga yordam beradi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ovqatdan 30 daqiqadan keyin. Qabul qilishning davomiyligi 1 oy. Agar zarur bo’lsa, qabul qilishni bir oydan so’ng takrorlash mumkin.
Nojo’yi ta’sirlari
Qabul qilishning birinchi kunlarida baliq ta’mini sezish, yengil surgi ta’siri bo’lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori ta’sirchanlik, homiladorlik, laktatsiya, 14 yoshgacha bo’lgan shaxslar
Maxsus ko’rsatmalar
BFQ, dori vositasi emas. Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari:
Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati : 2 yil
Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’ch., 51.








There are no reviews yet.