Rux glyukonat

Description

Naturex Rux

Biologik faol qo’shimchasini

Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun.

1 ta kapsula tarkibi:

Faol komponentlar:

Rix glyukonat (elementar rux 25 mg) – 174,241 mg.

Yordamchi moddalar: Maltodekstrin

 

Xususiyatlari:

Rux – biologik membranalar, hujayra retseptorlari, proteinlarning tuzilmaviy komponenti bo’lib, 200 dan ortiq enzimatik tizimlarning tarkibiga kiradi, u organizmdagi hayotiy muhim jarayonlarga ta’sir qiladi. Hujayra bo’linishi va o’sishini rag’batlantirish, moddalar almashinuvi va oqsil sintezi, yaralarni bitirish kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi.

Ratsionda rux yetishmasligi soch to’kilishiga, tirnoqlarning mo’rtlashishi va qatlanishiga, terining qurishi va ko’chishiga, yaraning sekin bitishiga, ishtahaning yo’qolishiga, charchoqning kuchayishiga, asabiylikka, ta’m va hid sezishning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ruxni qo’shimcha qabul qilish rux so’rilishi buzilgan quyidagi holatlarda tavsiya qilinishi mumkin:

  • ichak kasalliklarida;
  • chekish yoki spirtli ichimliklarni suiste’mol qilishdagi ruxning kuchli ajralishida;
  • sport bilan jadal sur’atda shug’ullanish vaqtida.

 

Immun tizimi uchun rux quyidagilarga yordam beradi:

  • Infeksiyalarga samarali qarshilik ko’rsatadigan qonning oq tanachalarini ishlab chiqarish;
  • Antitanachalarni ko’proq chiqarib, kuchli antioksidant xususiyatlarini namoyish etadi;

Bundan tashqari, Rux teri trofikasini optimallashtiradi, pigment almashinuvini normallashtiradi, terining elastikligini va uning regenerator xususiyatlarini yaxshilaydi.

Suyak to’qimalarini shakllantirishda ishtirok etadi.

Yog’ bezlari ishini tartibga soladi, kollagen va keratin sintezini rag’batlantirib, soch va tirnoqlarning o’sishiga ta’sir qiladi.

A vitaminining so’rilishini rag’batlantiradi, sochlarning holatini yaxshilaydi.

Insonning aqliy qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Erkak va ayol reproduktiv organlarining normal ishlashi uchun muhim omil hisoblanadi. Spermatozoidlarning yetilishini rag’batlantiradi va faolligini oshiradi, erkak jinsiy bezlarining normal ishlashi va rivojlanishiga yordam beradi.

Qo’llanilishi:

Ruxning qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.

 

Qollash usuli va dozalari:

Rux ovqat vaqtida ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalarga kuniga 1-2 ta kapsuladan ichish tavsiya etiladi. Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;

Qabul qilishning o’rtacha davomiyligi 1 oy. Takroriy qabul qilish – yiliga 2-3 marta.

Qollash mumkin bolmagan holatlar

Komponentlarga nisbatan individual taʼsirchanlik.

 

Maxsus ko’rsatmalar

BFQ, dori vositasi emas.

Yaroqlilik muddati : 2 yil

Saqlash shartlari:

Quruq, yorug’likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda + 25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

 

Ishlab chiqaruvchi: «NATUREX» MChJ, O’zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko’ch., 51. Tel: +998 71 248-57-18.

There are no reviews yet.

Be the first to review “Rux glyukonat”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Related products

Omega-3 Biologik faol qo’shimchasini   Chiqarilish shakli: 850 mg li yumshoq jelatinli kapsulalar 1 ta…

Naturex Magniy Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 400 mg li kapsulalardagi kukun 1 ta kapsula…

Naturex Rux Biologik faol qo’shimchasi Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalardagi kukun. 1 ta kapsula…

Naturex Mo’miyo Biologik faol qoʻshimchasini Chiqarilish shakli: 250 mg li kapsulalar 1 ta kapsula tarkibi:…

    Maslahat oling
    yoki biz bilan bog'laning

      Maslahat oling yoki biz bilan bog'laning